Bloger Nafosat Olloşukurova ruhiy kasalliklar dispanseridan çiqarildi

Bloger Nafosat Olloşukurova ruhiy kasalliklar dispanseridan çiqarildi

Xorazm viloyati ruhiy kasalliklar dispanserida davolanişda bölgan blogger Nafosat (Şabnam) Olloşukurova ayni soatlarda ozodlikda, Toşkent şahar Yunusobod tumanidagi xonadoniga qaytmoqda. Bu haqda Özbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati faoli Abdurahmon Taşanov xabar bermoqda.

"Bugun ruhiy kasalliklar şifoxonasida ötkazilgan tibbiy ekspertiza uning salomatligi yaxşilangan, deb topgan va blogger yangi yil bayramini ota-onasi va jajji qizaloqlari bilan birga kutib oladi", deb yozdi Abdurahmon Taşanov.

28 noyabr kuni fuqarolik işlari böyiça Xorazm viloyati sudining kassatsiya instantsiyasi bloger Nafosat (Şabnam) Olloşukurova ruhiy kasalliklar şifoxonasida davolanişni davom ettiriş yuzasidan qaror çiqargandi.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman) monitoring guruhi 21 oktyabr kuni Nafosat Olloşukurova bilan uçraşgan edi.

Nafosat Olloşukurova 26 sentyabr kuni sud qaroriga köra, Xorazm viloyatining psixologik kasalliklar dispanserida majburiy davolanişga joylaştirilgan edi.

×