“Valyutçiklar” 7 400 AQŞ dollari bilan qölga tuşdi

“Valyutçiklar” 7 400 AQŞ dollari bilan qölga tuşdi

Navoiy va Toşkent viloyatlarida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilişining oldi olindi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.


Qayd etilişiça, departamentning Konimex tuman bölimi tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbirda valyuta ayirboşlaş bilan şuğullanib kelgan N.A. jami 3,9 ming dollarni fuqaro A.A.ga 49,8 million sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şu kabi, departamentning Çirçiq şahar bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboşlaş bilan şuğullanib kelgan M.J. jami 3,5 ming dollarni fuqaro G.Q.ga 44,4 million sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.


Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş yoki ötkaziş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

×