«Gazçi» 1000 AQŞ dollari bilan qölga tuşdi

«Gazçi» 1000 AQŞ dollari bilan qölga tuşdi

Oltiariq tuman gaz taʼminoti uçastkasi xodimi R.X. 1000 AQŞ dollari bilan qölga tuşdi.  U mazkur pulni ijaraga olgan nonvoyxonaning loyiha-texnik hujjatlarini töğrilaş va gazlaştirib evaziga talab qilgan. Hali iş boşlab ulgurmagan tadbirkorga esa bu talab maʼqul kelmadi. Va töğri şu tuman MIB boşliğiga murojaat qildi.

Tadbirkor  arizasini sotvutmay işga kirişgan MIB Farğona viloyati boşqarmasi hamda Oltiariq tuman bölimi tezkor xodimlari darrov tadbir ötkazib, «tumangaz» maʼmuriy binosining özida «hojatbaror»ni daliliy aşyolar bilan qölga olaqoldi.

Ayni paytda holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi tegişli bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

×