Soliq qömitasi soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalaşgan 6 ta onlayn taksi agregatorlari maʼlumotlariga tayanib, Toşkentda qaysi viloyat haydovçilari köproq taksiçilik qilayotganini maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, uşbu agregatorlar orqali yönalişsiz taksi faoliyati bilan şuğullanayotgan özini özi band qilgan haydovçilarga tegişli bölgan 199,1 mingta avtomobil mavjud bölib, şundan 64 foizi Toşkent şahrida harakatlanadi.
Jumladan, poytaxtda taksiçilik faoliyati bilan şuğullanayotgan haydovçilarning hududlar kesimidagi uluşi quyidagiça:
- Toşkent şahri (avtomobil raqami kodi 01) – 54,6 foiz;
- Toşkent viloyati (avtomobil raqami kodi 10) – 17,9 foiz;
- Qaşqadaryo viloyati (avtomobil raqami kodi 70) – 5 foiz;
- Farğona viloyati (avtomobil raqami kodi 40) – 3,3 foiz.









