Qaşqadaryo viloyati, Qarşi tumanida yaşovçi 29 yoşli Ş.I. IIOga murojaat qilib, "Guli" ismli ayol uning sir saqlanişi lozim bölgan maʼlumotlarini oşkor qiliş bilan qörqitib, undan pul talab qilayotganligini maʼlum qilgan. Bu xaqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bölinmalari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Samarqand viloyati, Bulunğur tumnida yaşovçi 31 yoşli (ayol) T.S. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvçi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan (ayol) T.S., jabrlanuvçi Ş.I. bilan telegram messenjeri orqali işqiy yozişmalarni amalga oşirişi davomida unga bir neçta sir saqlanişi lozim bölgan şaxsiy fotosurat va videolarni yuborgan, maʼlum vaqt ötgaç (ayol) T.S. uşbu fotosurat va videolarni Internet orqali tarqatib, uni şarmanda qilişini aytib, qörqitib, fotosurat va videolarni tarqatmaslik evaziga pul talab qilayotganligini maʼlum böldi.
Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, T.S.ning sodir etilib, foş etilmay qolgan boşqa şu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekşiriş maqsadida tezkor-suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uçun 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan.









