Farğona viloyati bojxona boşqarmasi tasarrufidagi “Rişton” çegara bojxona posti barça fuqarolar hamda yengil avtomaşinalarni harakatlanişlari uçun oçildi. Mustaqilligimizning 28 yilligi bayramiga bu katta tuhfa böldi.
Bu xuşxabarni ikki qardoş xalq katta xursandçilik bilan kutib oldi. Ayniqsa, mazkur bojxona çegara postining oçilişi Söx tumani aholisi uçun katta qulayliklar yaratmoqda. Tuman aholisi bir neça yillar davomida viloyat markaziga kelişi uçun uzoq yöl bosib, soatlab vaqt sarflab, “Vodil” bojxona çegara posti orqali qatnardi. Endilikda esa ortiqça ovoragarçiliklarga barham berildi. Yöl qariyb 42 kilometrga qisqardi.

Ayni paytda “Rişton” bojxona çegara postining oçiliş tadbiri boşlanmoqda.
Qöşniçilik munosabatlari, döstlik riştalari hamda hamkorlikning yanada mustahkamlanişi, qöşni davlatga boriş-kelişdagi tösiqlar, ortiqça rasmiyatçiliklar olib taşlangani, ayniqsa, asrlar davomida qöşni yaşayotgan, tili, dili, dini bir ikki xalq aholisini behad quvontirdi.

Mazkur “Rişton ”bojxona çegara posti şu kunga qadar faqatgina Rişton tumani hamda Qirğizistonning Qadamjoy tumani fuqarolarini piyoda harakatlanişlari uçun oçiq edi.









