Özbekistonda faoliyati yuritayotgan va asosan Umra safariga reyslarni taşkil etişi ortidan tilga tuşgan “Panorama airways” xususiy aviakompaniyasi mansabdori qamoqqa olindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Bunga aviakompaniya atrofidagi sönggi voqealar, xususan Umra safariga yuborilgan yölovçilarning qaytib kelolmayotgani, Saudiya Arabistonida qolib ketgani, belgilangan reyslar öz vaqtida amalga oşirilmagani sabab bölgan.
Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning maʼlum qilişiça, Transport prokuraturasi tomonidan özbekistonliklarni Umra safaridan qaytariş çoralarini körmagan hamda boşqa jiddiy qonunbuziliş holatlariga yöl qöygan xususiy avikompaniya mansabdor şaxslariga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Ammo Boş prokuratura voizi gap aynan kim va qaysi aviakompaniya haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.
Uning qayd etişiça, jinoyat işi doirasida 1 nafar şaxsga nisbatan “qamoqqa oliş” ehtiyot çorasi qöllanilgan.
“Iş böyiça haqiqatni aniqlaşga tösqinlik qiliş holatlarining oldini oliş maqsadida boşqa tafsilotlar oşkor qilinmaydi”, deydi Şamsutdinov.
Eslatib ötamiz, hafta boşida ijtimoiy tarmoqlarda Umraga yöl olgan köplab özbekistonliklar Saudiya Arabistonida qolib ketgani, reyslar belgilangan muddatda amalga oşirilmagani haqida xabarlar tarqaldi. Gap şundaki, Umra safarining tur xizmatlarini taşkil etiş bilan “Gulbahor airways” tur operatori, reyslarni taşkil etiş bilan “Panorama airways” aviakompaniyasi şuğullangan.
Reyslar bekor qilinişi ortidan “Gulbahor airways” tur operatori Saudiya Arabistonida qolib ketgan ziyoratçilarning yaşaş va ovqatlanişini bepul taşkil etgani haqida maʼlumotlar mavjud.
Holat böyiça bir neçta turistik kompaniya vakillari orasida aynan “Panorama airways” aviakompaniyasi bilan şartnoma tuzgan va aviaqatnovlar öz vaqtida amalga oşirilmagani uçun şartnomani bekor qilganlar ham bor.









