U 11 kişining plastik kartasidan pul yeçib olgani aniqlandi.
Jizzax şahrining "Döstlik" mahalla fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi şaxs Içki işlar organlariga murojaat qilib, unga tegişli bank plastik kartasidan nomaʼlum şaxs 8 million söm pullarini yeçib olganini bildirgan. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyat jabrlanuvçi mijoz bölgan bankning çakana xizmatlar bölimi boşliği, Jizzax şahrining "Uçariq" mahallasida istiqomat qiluvçi şaxs tomonidan sodir etilgani aniqlandi.
Şuningdek, ayblanuvçi yana 10 nafar fuqaroning pulini ömargan. Jabrlanuvçilarga jami 133 million 629 ming söm zarar yetkazilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.









