8 davlat rahbarlari Özbekistonga töplanyapti

8 davlat rahbarlari Özbekistonga töplanyapti

Joriy yilning 8-9 noyabr kunlari Özbekistonda Iqtisodiy Hamkorlik Taşkilotining navbatdagi sammiti bölib ötadi. 

Unda iştirok etiş uçun Ozarbayjon Respublikasii Prezidenti Ilhom Aliyev, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy, Pokiston Boş vaziri vazifasini bajaruvçi Anvar Kakar, Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev, Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan, Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Toşkentga kelişi kutilmoqda. 

Ozarbayjon va Turkiya Prezidentlariga rafiqalari – Mehribon Aliyeva va Emina Erdöğan hamrohlik qilişi kutilmoqda. 

QALAMPIR.UZ manbasining maʼlum qilişiça, sammitning barça tadbirlari Toşkent şahrida bölib ötadi.

Tadbir kun tartibidan savdo, investitsiyalar, “yaşil” iqtisodiyot va innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, transport, logistika, turizm va boşqa ustuvor yönalişlarda köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari örin olgan.

Uşbu taşkilotning oxirgi sammiti 2021 yilning noyabr oyida Turkmanistonda bölib ötgan edi.

Maʼlumot uçun, Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti – aʼzo mamlakatlarning iqtisodiy, madaniy, fan va texnikaviy hamkorligi böyiça taşkil etilgan xalqaro mintaqaviy taşkilotdir. U 1964 yilda Eron, Pokiston va Turkiya tomonidan “Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiriş” nomi bilan tuzilgan. 

Keyin 70-yillarda içki mintaqaviy savdo susayib ketgani uçun öz faoliyatini töxtatgan. 1985 yilda “Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti” nomi bilan qaytadan öz faoliyatini boşladi. 1992 yilning 28 noyabirida Islomobod şahrida aʼzo davlatlar Taşki işlar vazirlari kengaşining favqulodda yiğlişida Afğoniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Özbekistan, Qirğiziston va Qozoğiston davlatlari IHTga aʼzo bölgan. 


Teglar:
×