29 oktyabr kuni Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari Jamşid Xodjayev Kobul şahrida Afğoniston Boş vaziri örinbosari Abdul Ğani Mulla Barodar bilan uçraşdi.
Uçraşuv çoğida boş vazir örinbosarlari Özbekiston va Afğoniston örtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirişga doir qator masalalarni muhokama qilişdi.
Bundan taşqari, Qobul şahrida Özbekiston va Afğoniston vazirlik va idoralari iştirokida kengaytirilgan uçraşuv bölib ötdi, unda savdo-iqtisodiy va boşqa sohalardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Mamlakatimiz delegatsiya tarkibidan Özbekistonning energetika, suv xöjaligi, konçilik sanoati va geologiya, qişloq xöjaligi, investitsiya, sanoat va savdo, transport, taşqi işlar vazirliklari, şuningdek, bir qator boşqa idoralar, tarmoq agentliklari hamda uyuşmalari rahbarlari örin oldi.

Qobulda ötkazilgan uçraşuvlarda «Surxon – Puli-Xumri» elektr uzatiş tarmoği qurilişi loyihasini amalga oşiriş, Özbekistonning Qobul va Mozori Şarif şaharlaridagi savdo uylari faoliyatini qayta tiklaş va jonlantiriş, Afğonistonda «Özbekiston temir yöllari» AJ vakolatxonasini oçiş, şuningdek, xalqaro yuk taşiş, bojxona nazorati hamda foydali qazilmali konlarni örganiş va rivojlantiriş istiqbollariga oid boşqa masalalar muhokama qilindi.
Özbekiston delegatsiyasining Qobulga taşrifi doirasida Özbekistonda işlab çiqarilgan milliy mahsulotlar körgazmasi, şuningdek, ikki mamlakatning davlat idoralari va işbilarmon doiralari vakillari iştirokida «B2B» hamda «G2B» formatidagi uçraşuvlar ötkazildi.
Natijalarga köra, qişloq xöjaligi, töqimaçilik sanoati, transport-logistika, kimyo sanoati, farmasevtika, quriliş materiallari işlab çiqariş, çarm-poyabzal, elektrotexnika sanoati kabi sohalarda 1 mlrd 185 mln dollarlik eksport-import şartnomalari va bitimlar imzolandi.









