Putin va Erdöğan Yaqin Şarqdagi vaziyatni muhokama qildi

Putin va Erdöğan Yaqin Şarqdagi vaziyatni muhokama qildi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdöğan telefon orqali muloqot qilib, Yaqin Şarqdagi hozirgi inqirozli vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilişiça, ikki davlat rahbarlari tinç aholi orasida qurbonlar soni ortib borayotgani va Ğazo sektorida gumanitar vaziyat yomonlaşganidan xavotir bildirgan. Ular turar-joy binolari, diniy va ijtimoiy obʼektlarga zarba berişga yöl qöyilmasligini taʼkidlagan.

“Rossiya va Turkiyaning pozitsiyalari amalda mos kelişi va Isroil bilan tinçlik va xavfsizlikda birga yaşaydigan mustaqil Falastinni yaratişni közda tutuvçi maşhur ikki davlat formulasini amalga oşirişga qaratilganligi taʼkidlandi”, deyiladi Kreml xabarida. 

Turkiya Prezidenti maʼmuriyatining X ijtimoiy tarmoğidagi xabarida aytilişiça, Erdöğan Ğarb davlatlarining sodir bölayotgan voqealar oldida jim turişi Ğazo sektoridagi gumanitar inqirozning yuqori darajasiga olib kelgan.

Şuningdek, Turkiya rahbari Anqara mintaqada osoyiştalikni taʼminlaş uçun barça zarur saʼy-harakatlarni davom ettirişiga işontirgan.

Falastin-Isroil mojarosi

Joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab Ğazo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boşlandi. Keyinçalik HAMAS Isroilga qarşi “Al-Aqso töfoni” harbiy operatsiyasi boşlanganini eʼlon qildi. Isroil Mudofaa kuçlari esa bunga javoban “Temir qiliçlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boşladi.

Şundan söng, Boş vazir Binyamin Netanyaxu isroilliklarga murojaat bilan çiqib, mamlakatda sodir bölayotgan voqealar harbiy operatsiya emas, balki tölaqonli uruş ekanini aytdi. 9 oktyabr kuni Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant Isroil harbiylari Ğazo sektorini keng kölamli blokadaga kirişayotganini maʼlum qildi. U Ğazo sektorida elektr, oziq-ovqat, yoqilği bölmasligini, hamma narsa yopilişini aytdi. 

Isroil Ğazo sektoridagi Al-Yarmuk, Al-Emin Muhammad, Ahmad Yasin, Muhammad El-Habib, Es-Susi va Al-Ğarbi masjidlariga zarba berdi. Bu orada Amerika Qöşma Ştatlari Ğazo sektori atrofidagi keskinlik fonida “Eronni jilovlaş uçun” Yaqin Şarqqa qöşimça 20-25 ta F-35 va F-15 qiruvçi samolyotlarini yuborişi maʼlum böldi. Germaniya esa Falastin hududlaridagi gumanitar loyihalar uçun avval tasdiqlangan mablağlarni ajratişni töxtatdi.

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro esa Isroilni Falastin xalqini qirğin qilişda ayblab, zudlik bilan tinçlik muzokaralarini boşlaş va Falastinning hududiy huquqlarini kafolatlovçi BMT rezolyutsiyalarini amalga oşirişga çaqirdi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham mustaqil suveren Falastin davlatini yaratiş zarurligini aytib ötdi. Şuningdek, u Isroil va HAMAS örtasidagi qurolli töqnaşuvlarni AQŞ siyosati muvaffaqiyatsizligining yaqqol misoli deb atadi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Yaqin Şarqdagi bu mojarodan Rossiya manfaatdorligini taʼkidladi.


Teglar:
×