Emmanuel Dyupyui Mirziyoyevning afğon muammosini hal qilişdagi yangi takliflarini qöllab-quvvatladi

Emmanuel Dyupyui Mirziyoyevning afğon muammosini hal qilişdagi yangi takliflarini qöllab-quvvatladi

Maʼlumki, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev keça, 23 sentyabr kuni Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining yetmiş beşinçi yubiley sessiyasida yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarda iştirok etdi. Davlat rahbari öz nutqida 10 dan ortiq yangi takliflarni ilgari surdi. Ayni vaqtda uning muhim xalqaro taşabbuslari davlat va siyosat arboblari tomonidan qöllab-quvvatlanmoqda. Yevropa istiqbol va xavfsizlikni örganiş instituti prezidenti Emmanuel Dyupyui Özbekiston rahbarining BMT Boş minbarida ilgari surgan ğoyalari haqida şunday deydi:

“Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning BMT Boş Assambleyasi 75-sessiyasidagi nutqi bilan tanişib çiqdim. Davlat rahbari unda qator takliflarni ilgari surdi. Afğonistondagi frantsuz kuçlari qöşma bölinmasi sobiq siyosiy maslahatçisi sifatida Özbekiston Prezidentining Afğoniston böyiça xalqaro hamkorlikning yangi şaklini yaratiş taşabbusi – BMT qoşida doimiy qömita tuziş masalasi muhim, deb hisoblayman.

BMT huzurida doimiy qömita tuziş taşabbusi Afğoniston muammosini hal qiliş Markaziy Osiyo mamlakatlari uçun juda muhimligi, şuningdek, uşbu mamlakatda tinçlikni örnatişda mintaqa davlatlarining örni va roli muhimligini yana bir bor tasdiqlaydi. Yangi şakl, şubhasiz, afğon muammosini hal qiliş uçun qulay şaroit yaratadi.

Ayni paytda “Tolibon” harakati iştirokida afğonlararo muzokaralar davom etmoqda. Tinçlik örnatiş uçun siyosiy muzokaralar yetarli emas, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oşiriş orqali iqtisodiyot va infratuzilmani tiklaş zarur. Uşbu yönalişda Afğonistonning qöşni davlatlari, xususan, Özbekiston muhim örin tutadi. Umid qilamanki, doimiy qömita faoliyati global moliyaviy mablağ va imkoniyatlarni jalb qiliş, şuningdek, Afğoniston suverenitetini mustahkamlaş uçun ijobiy turtki beradi.

Şu nuqtai nazardan, Özbekiston rahbarining Markaziy Osiyo davlatlarining Terrorizmga qarşi global strategiyasini amalga oşirişga bağişlangan qöşma harakatlar rejasi 10 yilligiga bağişlangan Xalqaro anjuman ötkaziş taklifi öz vaqtida ilgari surilgan dolzarb taşabbusdir. Uşbu tadbir barça mamlakatlar, xususan, Markaziy Osiyo mamlakatlarining harakatlarini muvofiqlaştiriş, Afğonistonda tinçlik va barqarorlikni tiklaş böyiça yagona yondaşuvlarni işlab çiqişga imkon beradi.

Eʼtiborimni tortgan yana bir taşabbus – bu COVID-19 pandemiyasiga qarşi kuraşda samaradorligi isbotlangan mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş masalasidir. Uşbu taşabbus Orol fojiasi muammosini hal qiliş uçun zarur harakatlarni amalga oşirişga imkon beradi. Jahon hamjamiyati Özbekistonning uşbu yönalişdagi taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşiga işonamiz”.

Maʼlumot örnida, 2017 yil sentyabr oyida BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasida  Prezident Şavkat Mirziyoyev nutq sözlab, Afğonistonda tinçlikka erişişning yagona yöli — markaziy hukumat va mamlakat içidagi asosiy siyosiy kuçlar örtasida oldindan heç qanday şart qöymasdan, töğridan-töğri muloqot olib boriş zarurligini taʼkidlagan edi. 

2018 yil 27 mart kuni "Tinçlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy şeriklik" mavzuida Afğoniston böyiça yuqori darajadagi Toşkent xalqaro konferentsiyasi bölib ötdi.

Joriy yilning 12 sentyabr kuni Qatar poytaxti Dohada Afğoniston Islom Respublikasi Hukumati va “Tolibon” harakati örtasida muzokaralar boşlandi. Bu Afğonistonda tinçlik va osuda hayot uçun qöyilgan yana bir ulkan qadam, deyiş mumkin. Özbekiston 40 yildan ziyod vaqt davomida Afğonistonda davom etayotgan uruş, notinçlik va özaro muammolarni afğon xalqining özi öz irodasi bilan hal etişi tarafdori. 

Ötgan yillarda Prezident Şavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi, yaqin qöşniçilik aloqalarini mustahkamlaş, qöşning tinç – sen tinç degan azaliy qadriyatga asoslangan islohotlari natijasida afğon muammosini hal etişda oldinga siljiş kuzatildi. Buning samarasini joriy yilning 29 fevral kuni Qatarning Doha şahrida Amerika Qöşma Ştatlari va "Tolibon" harakati örtasida tinçlik sulhi imzolanganida ham köriş mumkin. Sulhga köra, AQŞ 19 yil deganda öz harbiy kuçlarini afğon diyoridan olib çiqib ketişi, “Tolibon” ham qurolli harakatlarni töxtatişi belgilandi. 

12 sentyabr kuni Dohada bölib ötgan muzokaralar afğon xalqining va nihoyat tinç va farovon hayotga qovuşişidan dalolat. “Tolibon” harakatining Qatardagi siyosiy vakolatxonasi rahbari Mulla Abdulğani Birodar özbekistonlik jurnalistlar bilan suhbatlaşib, Afğonistonda tinçlik örnatiş va mamlakat iqtisodiyotini tiklaş borasida rasmiy Toşkentning faolligini alohida eʼtirof etdi. 

×