Peskov Erdöğanni yolğonçiga çiqardi

Peskov Erdöğanni yolğonçiga çiqardi

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning Rossiya yetakçisi Vladimir Putin göyoki don şartnomasini uzaytirişga rozi bölgani haqidagi sözlarini rad etdi. Bu haqda u “Izvestiya” naşriga bergan intervyusida maʼlum qildi. 

"Biz bu haqda heç qanday bayonot bermadik", degan Peskov.

Eslatib ötamiz, oldinroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan rossiyalik mavqedoşi Putin göyoki don şartnomasini uzaytirişga rozi bölgani haqida bayonot bergandi. Şu bilan birga, Erdöğan Putin bilan “ğalla koridorini uzaytiriş borasida bir xil fikrda” ekanini aytdi. Biroq keça, 13 iyul kuni Putin Don kelişuvi böyiça barça şartlar bajarilmagunça, Rossiya taşabbusdagi iştirokini töxtatib qöyişi mumkinligini aytgan hamda Ğarb kelişuv doirasidagi Rossiya manfaatlariga tegişli vaʼdalarning heç birini bajarmaganini eslatgandi.

Maʼlumot uçun, ötgan yilning 22 iyul kuni Istanbulda xalqaro bozorlarga oziq-ovqat va öğit yetkazib beriş böyiça hujjatlar töplami (Don kelişuvi) imzolangan. Dastlab şartnomalar 120 kunga tuzilgan bölsa, 2022 yilning noyabr oyida ular xuddi şu muddatga uzaytirilgan. Şu yilning 18 may kuni Rossiya kelişuv muddatini 60 kunga, yaʼni 17 iyulga qadar uzaytirişini eʼlon qilib, bu vaqt BMT bilan imzolangan memorandumning bajarilişini baholaş uçun yetarli bölişini ogohlantirgan.


×