Namangandan Samarqand va Buxoroga aviareyslar yölga qöyiladi

Namangandan Samarqand va Buxoroga aviareyslar yölga qöyiladi

Içki turizmni rivojlantiriş va aholiga qulay şart-şaroitlar yaratiş maqsadida joriy yil 28 sentyabrdan boşlab Samarqand — Namangan — Samarqand yönalişidagi aviqatnovlar tiklanadi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Uşbu yönalişdagi parvozlar 2021 yil oktyabr oyida töxtatilgandi. Aviareyslar haftada ikki marta — çorşanba va şanba kunlari amalga oşirilişi közda tutilgan.

Şuningdek, 2022 yil 5 oktyabrdan boşlab Namangan —Buxoro — Namangan yönalişida aviaqatnovlar ham yölga qöyiladi. Mazkur yönalişdagi doimiy parvozlar haftaning har çorşanba kuni amalga oşirilişi rejalaştirilgan.

×