Özbekistonda davlat organlari rahbarlari faoliyatini jamoatçilik fikri asosida baholaş yölga qöyiladi. Bu haqda «Özbekiston — 2030» strategiyasi töğrisidagi prezident farmonida belgilandi.
Farmonga köra, davlat fuqarolik xizmatini meritokratiya (boşqaruv tamoyili bölib, şaxslarning ijtimoiy kelib çiqişi va moliyaviy holatidan qatʼi nazar, davlat boşqaruvida rahbarlik lavozimlarini eng qobiliyatli va munosiblar egallaşi zarur, degan mazmunni anglatadi), halollik va professionallik tamoyillari asosida taşkil etiş maqsadida:
➖ davlat organlari rahbarlari va ularning örinbosarlari faoliyatini jamoatçilik fikri asosida baholaş amaliyoti yölga qöyiladi;
➖ Milliy kadrlar zaxirasida rahbarlik lavozimiga nomzodlar soni kamida ming nafarga yetkaziladi;
➖ «Davlat fuqarolik xizmati töğrisida»gi qonunda nazarda tutilgan fuqarolik xizmati tizimini töliq işga tuşiriş doirasida uşbu tizim bilan 70 dan ortiq davlat organlari qamrab olinişi taʼminlanadi;
➖ davlat fuqarolik xizmatçilarini uzluksiz malaka oşirib boriş tizimi bilan qamrab oliş darajasi 100 foizga yetkaziladi.
Xalq bilan muloqotni yanada kengaytiriş orqali aholi muammolarini aniqlaş va hal etiş tizimi samaradorligini oşiriş maqsadida davlat organlari va taşkilotlarida murojaatlarni qoğoz şaklida röyxatga oliş amaliyoti bekor qilinadi.
Barça davlat organlari va taşkilotlariga elektron şaklda, şu jumladan, tegişli mobil ilova orqali murojaat qiliş imkoniyati yaratiladi. Murojaatlarning kamida 80 foizini mahalliy darajada qanoatlantiriş taʼminlanadi.









