“Real” darvozaboni Kurtua Yaxşiboyevning goliga baho berdi

“Real” darvozaboni Kurtua Yaxşiboyevning goliga baho berdi

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi darvozaboni Tibo Kurtua YEÇL 2-turidan örin olgan “Şerif”ga qarşi öyindan keyin öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.

“Öyin biz kutgandek ötmadi. Körganingizdek, “Şerif”ning ikkita goli ham mohirona ijrodan keyin urildi. Odatda, biz har doim ğalaba uçun intilganmiz, ammo buning uçun yaxşi himoyalaniş ham zarur. Raqib posboni ajoyib öyin namoyiş etdi, töp uning darvozasiga kirişni istamadi. Unga qoyil qolmay iloj yöq.

“Şerif” tarkibida tezkor öyinçilar köp, bu işimizni ança qiyinlaştirgani ham bor gap. Öyin davomida biz pressing qilişga ulgurmadik. Futbolda şunaqasi ham bölib turadi. Ötgan haftalarda “Selta” va “Malorka” ustidan oson ğalabalarga erişgandik, bugun esa yutqazdik. Eng eʼtiborimni tortgani – raqib jamoa aʼzosi Tillning goli böldi, u juda çiroyli ijro etildi. Mağlubiyatni tezroq unutişga harakat qilamiz”, deydi Kurtua.

Eslatib ötamiz, Yaxşiboyev gol urgan bahsda “Şerif” öz tarixida ilk bor Ispaniyada ğalaba qozondi. Klub 6 oçko bilan guruhda peşqadamlik qilayotgan bölsa, “Real” 3 oçko bilan 2-örinda bormoqda.

Avvalroq, klubning uşbu ğalabasi orqali jamoa 4 yillik byudjet puliga teng mablağni işlab olgani haqida xabar bergan edik.

×