Bu haqda Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burxonov maʼlum qildi.
«Afsuski, ayrim mansabdor şaxslar bugungi murakkab (pandemiya) şaroitida davlat mablağlarining samarali sarflanişi naqadar muhim ekanligini töla anglab yetmayaptilar. Ijtimoiy tarmoqlarda qizğin muhokama bölayotgan – qimmat narxlardagi xizmat avtotransportlarini xarid qiliş – bunga yaqqol misol böla oladi.
Bunday hollarda davlat xizmatçilariga «Halollik vaktsinasi»ni normativ hujjatlar qabul qilib, tegişli çeklovlarni qöllaş orqali singdirişdan boşqa çora qolmayapti.
«Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarida xizmat avtotransportlaridan foydalaniş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasida aynan mana şu kabi holatlarning oldini oliş rejalaştirilmoqda.
Loyihaga köra, Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari rahbar xodimlariga xizmat avtoransportlarni klassiga qarab biriktiriş normativlari (eng yuqori narxlari) belgilanadi.
Jumladan, tuman, şahar hokimlariga biriktiriladigan xizmat avtotransporti narxi BHMning 1200 baravari (267 mln. 600 ming söm)dan oşmasligi, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toşkent şahar bölinmalari rahbarlari xizmat avtomaşinasi narxi esa BHMning 700 baravari (156 mln. 100 ming söm)dan oşmasligi kerak böladi.
Davlat taşkilotlarida foydalanişda mavjud bölgan xizmat avtoransportlari xatlovdan ötkaziladi va belgilangan normativlardan ortiqça bölgan xizmat avtotransportlari «E-IJRO AUKSION» orqali auktsion savdolarda sotilişi taʼminlanadi.
Xizmat avtoransportlarini sotişdan tuşgan mablağlar esa tegişliça respublika byudjetiga va Qoraqalpoğiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toşkent şahar mahalliy byudjetlariga yönaltiriladi.
Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarida xizmat avtotransportlarini yangisiga almaştiriş undan kamida 5 yil foydalanilgandan söng amalga oşiriladi. Bunda avtotransportning texnik holati, undan foydalaniş xavfsizligi, şuningdek, yangisiga almaştirişning iqtisodiy maqsadi inobatga olinişi lozim böladi.
Bundan taşqari, xizmat avtotransportlaridan faqat xizmat maqsadlarida foydalanilişi jamoatçilik tomonidan nazorat qilinadi hamda xizmatdan taşqari maqsadlarda foydalaniş holatlari aniqlanganda, Özbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligining maxsus veb-portaliga, şuningdek, maxsus mobil dasturiy taʼminotiga foto va video materiallarni joylaştiriş orqali xabardor qilinadi.
Öylaymanki, mazkur hujjatning qabul qilinişi bugungi kun uçun juda dolzarb masalaga aylangan — byudjet mablağlarining maqsadli sarflanişi, uning ustidan jamoatçilik nazoratining örnatilişiga xizmat qiladi», deb yozadi Akmal Burxonov.









