Xalqaro jinoiy sudning Rim statuti Armaniston parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilinadi. Bu haqda Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan maʼlum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
«Hukumat Rim statutini parlamentga yubordi. Rim statuti mening pozitsiyamga köra va parlamentdagi hamkasblarimizning kömagi bilan töliq ratifikatsiya qilinadi. Bu esa Armaniston-Rossiya munosabatlariga boğliq emas, bu Armanistonning xavfsizligi bilan boğliq», – degan boş vazir.
Maʼlumot uçun, hujjatning ratifikatsiya qilinişi Armanistonni Xalqaro jinoiy sud qarorlarini bajarişga majbur qiladi.
Xalqaro jinoiy sud ötgan yili Putinni hibsga oliş uçun order çiqargan edi.
Endilikda, xalqaro normalarga köra, Rossiya prezidenti Armanistonga taşrif buyursa, arman hukumati uni Gaaga sudiga topşirişi kerak böladi.









