Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 14-15 sentyabr kunlari Tojikistonning Duşanbe şahrida böladi. Kelgusi haftada esa u Amerika Qöşma Ştatlarining Nyu-York şahriga boradi. Bu haqda Şerzod Asadov maʼlum qildi.
Tojikistonning Duşanbe şahrida 14-15 sentyabr kunlari Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beşinçi maslahat uçraşuvi hamda Orolni qutqariş Xalqaro jamğarmasi sammiti bölib ötadi. Mazkur tadbirda Şavkat Mirziyoyev ham qatnaşadi.
Nyu-Yorkda esa Özbekiston Prezidenti BMT Boş assambleyasining 78-sessiyasi umumsiyosiy munozaralarida nutq sözlaydi hamda "S5+1" formatidagi AQŞ va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinçi uçraşuvida iştirok etadi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 11 avgust kuni AQŞ Prezidenti Jo Bayden Şavkat Mirziyoyevga maktub yöllab, uni Nyu-Yorkda C5+1 formatidagi sammitga taklif qilgandi.









