AQŞ Mudofaa vazirligining sobiq rahbari Djeyms Mettis dunyoga eng katta solayotgan mamlakat deb Pokistonni aytdi. Sabab – Pokistonda jamiyatning keskin radikallaşuvi hamda uşbu mamlakatda yadroviy qurol miqdorini oşirib borayotgani, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Seşanba kuni AQŞda Mettisning yangi kitobi sotuvga çiqdi. Call Sign Chaos: Learning to Lead – nomli kitobda Pentagon sobiq rahbari quyidagi sözlarni yozgan: “Iş faoliyatim davomida menga duç kelgan mamlakatlar orasida eng xavflisiPokiston, deb hisoblayman”.
“Pokiston harbiylari ham buni yaxşi bilişadi. Agar siz radikal nuqtai nazar kuçayib borayotgan jamiyatga dunyoda eng tez ortib borayotgan yadroviy kuç-qudratni qöşsangiz – men nima uçun Pokistonni eng xavfli mamlakat deganimni tuşunasiz. Şuning uçun ham bugun biz butun diqqatimizni yadroviy qurol nazoratiga va uning tarqalmasiliga qaratişimiz kerak. Bugun aynan mana şu eng katta muammo bölmoqda”, - dedi Mettis matbuot anjumanida.
Jeyms Mettis – bir neça yil davomida Pentagon rahbari lavozimida işlabkelgan. U 2018 yil oxirida Donald Trampning Suriyadan qöşinlarini olib çiqiş haqidagi qaroridan norozi bölib isteʼfoga çiqqan edi.









