Özbekistonda 2026 yilning birinçi yarmida sudlar tomonidan ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanganlar soni ötgan yilning şu davriga nisbatan 22 foizga, yaʼni 2 ming 133 nafarga köpaydi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.
Tahlillarga köra, yanvar-iyun oylarida mamlakat sudlari tomonidan 11 ming 703 nafar şaxs ozodlikdan mahrum qilingan. 2025 yilning mos davrida esa bu körsatkiç 9 ming 570 nafarni taşkil etgan.
Joriy yilning dastlabki olti oyida Toşkent şahri bunday jazo olganlar soni böyiça 2 030 nafarni taşkil etib, birinçi örinda qayd etilgan. Keyingi örinlarda Farğona viloyati – 1 462 nafar va Toşkent viloyati – 1 452 nafar bilan qayd etilgan. Eng kam körsatkiç Qoraqalpoğistonda bölib, bu yerda 317 nafar şaxs ozodlikdan mahrum qilingan.
Şuningdek, Toşkent şahrida ikki nafar şaxsga umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Sudlanganlar orasida 179 nafar şaxs qasddan odam öldiriş, 1 ming 376 nafar şaxs esa qasddan badanga oğir va örtaça oğirlikda tan jarohati yetkaziş jinoyatlarini sodir etgan. Bundan taşqari, 1 ming 789 nafar kişi bezorilik, 5 ming 788 nafar şaxs esa giyohvandlik bilan boğliq jinoyatlar uçun sudlangan.
2026 yilning birinçi yarmida korruptsiyaga oid jinoyatlar böyiça qariyb 3 ming 605 nafar şaxs sudlangan. Ularning 779 nafari ozodlikdan mahrum qilingan, 614 nafariga jarima jazosi tayinlangan.
Qolganlardan 1 ming 479 nafari axloq tuzatiş işlariga, 711 nafari esa ozodlikni çeklaş jazosiga hukm qilingan.









