Saudiya Arabistonining Jidda şahrida joylaşgan markaziy temir yöl stantsiyasida kuçli yonğin sodir böldi. Buning natijasida ön kişi jarohat olgani xabar qilinmoqda. Dastlabki maʼlumotlarga köra, yonğin bino tomidan boşlangan. Hozirda temir yöl aloqasi vaqtinça töxtatib qöyildi.
Eslatib ötamiz, «Al-Haramayn» temir yöllari Saudiya Arabistonining ikkita muqaddas şahri — Makka va Madinani Qizil dengiz sohilida joylaşgan Jidda porti bilan boğlaydi. Uşbu marşrutning uzunligi taxminan 450 kilometrni taşkil etadi, qiymati esa yetti milliard dollardan ziyodga baholangan.
Turizmni rivojlantiriş loyihasi doirasida qurilgan «Al Haramayn» yölining rasmiy oçiliş marosimi ötgan yilning sentyabr oyida bölib ötgan edi.
Keyingi kuni Saudiya Arabistoni birinçi marta 49 ta davlat fuqarolari uçun sayyohlik vizalarini joriy etayotganini maʼlum qildi.

Manba: azon.uz SAUDIYA ARABISTONI









