Özbekistonliklar daromadining deyarli yarmini oziq-ovqatga sarflaydi — Euromonitor

Özbekistonliklar daromadining deyarli yarmini oziq-ovqatga sarflaydi — Euromonitor

Özbekistonliklar daromadining 46,5 foizini oziq-ovqatga sarflaydi. Bu haqda Euromonitor International maʼlumotlarida keltirilgan.


Tahlilçilar dunyoning turli mintaqalarida isteʼmol xarajatlarining qanday uluşi uyda isteʼmol qilinadigan oziq-ovqat va alkogolsiz içimliklarga töğri kelişini hisoblab çiqqan. Beşta davlatda bu körsatkiç barça xarajatlarning öndan biridan kamroğini taşkil qildi. Reyting yetakçilari orasida AQŞ (6,7 foiz), Singapur (8,4 foiz), Buyuk Britaniya (8,7 foiz), Irlandiya (9,2 foiz) va Şveytsariya (9,9 foiz) bor. 

Özbekiston röyxatda quyi poğonalardan birini egallagan — fuqarolarning oziq-ovqatga sarflanadigan mablaği barça xarajatlarning deyarli yarmini (46,5 foiz) taşkil qiladi. 


Oziq-ovqat mahsulotlariga sarflanadigan mablağlarning yuqori uluşi Nigeriya (59 foiz), Myanma (56,6 foiz) va Keniyada (56,1 foiz) qayd etilgan. 

Rossiyada oziq-ovqatga oyiga örtaça 146 dollar sarflanadi. Gruziyada bu miqdor 116 dollarga, Ozarbayjonda 102 dollarga, Belarusda 98 dollarga teng. Şu bilan birga, Turkmaniston va Özbekiston fuqarolari oziq-ovqatga eng kam mablağ sarflaydi — mos ravişda 26/24 va 40/36 dollar. 

Skrinşot: Picodi

May oyida Özbekiston Markaziy banki 2023 yil birinçi çoragi uçun “Isteʼmol kayfiyati şarhi”ni eʼlon qilgandi. Tadqiqotda respondentlarning daromadlari va xarajatlari, ularning jamğarmaga moyilligi, şuningdek, kelajakdagi ehtiyojlari tahlil qilingan.

Qayd etilişiça, ötgan davrda isteʼmol kayfiyat indeksi 2022 yilning IV çoragiga nisbatan 2,3 bandga kamayib, 23,9 bandni taşkil etgan. Özbekistonliklarning aksariyat qismi mablağlarini taʼlim (16,1 foiz), uy-joy taʼmiri (13,6 foiz), davolaniş (13 foiz), oilaviy bayramlar (7,4 foiz), maişiy texnikalar xaridi (6,9 foiz) hamda avtomobil sotib olişga (6,3 foiz) sarflagan.

Teglar:
×