Yaqinlaşib kelayotgan Ramazon oyida Özbekistondagi dehqon bozorlari va yirik savdo komplekslarida arzonlaştirilgan oziq-ovqat yarmarkalari ötkaziladi. Bu haqda bugun, 13 fevral kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev öz raisligida ötayotgan tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy ösiş surʼatlarini taʼminlaş böyiça asosiy vazifalar muhokamasiga bağişlangan yiğilişda mutasaddilarga topşiriq berdi.
Qayd etilişiça, iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va mehnat unumdorligi markazi inflyatsiya böyiça içki va taşqi xatarlarni oldindan aniqlab, ularga amaliy yeçim topiş masalasi bilan şuğullanişi belgilangan.
Vazirlikning hududiy boşqarmalarida markazning 2 nafardan vakili böladi. Markaz har haftada tuman va şahardagi bozorlarni tahlil qilib, qaysi mahsulotga hozir qança ehtiyoj borligi, bir oy, uç oy, bir yildan keyin talab qanday özgarişini prognoz qiladi.
Mavjud quvvatlar va omborlardagi mahsulotlar talabni qançaga qoplaşi, yetişmagan qismini nimaning hisobidan taʼminlaşi böyiça har çorakda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari balansi şakllantiriladi.
“Keyingi haftadan muborak Ramazon oyi boşlanadi. Saxovat, mehr-oqibat va şukronalik ramzi bölgan uşbu muqaddas kunlarda içki bozorlarda narx-navo barqarorligini taʼminlaş har qaçongidan ham muhim”, deydi davlat rahbari.
Şuningdek, Prezident dehqon bozorlari va yirik savdo komplekslarida arzonlaştirilgan oziq-ovqat yarmarkalarini boşlaş böyiça topşiriq bergan.
Yiğilişda tarmoq va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglangan.









