Saudiyada AQŞ fuqarosi qatl qilindi

Saudiyada AQŞ fuqarosi qatl qilindi

Saudiya Arabistonida otasini böğib öldirgan Amerika Qöşma Ştatlari fuqarosi qatl qilindi. Bu haqda “Associated Press” naşri xabar berdi.

Mamlakat içki işlar vazirligiga köra, keça, 16 avgust kuni Bişoy Şarif Naji Nasif ismli şaxsning boşi tanasidan judo qilingan. U otasini kaltaklab, böğib öldirgan. Şuningdek, u giyohvand moddalar taʼsirida otasining jasadini bölaklarga bölgan, yetmaganiga padarkuş öğil hibsga olinişidan oldin boşqa odamni ham öldirişga uringan.

Xalqaro Amnesty statistik maʼlumotlariga köra, Saudiya Arabistoni 2022 yilda mahkumlarni Xitoy va Erondan keyin dunyoda eng köp qatl qiluvçi davlatlar qatoriga kirgan.

Mamlakatda koronavirus pandemiyasi avj olgan paytda qatl qiliş bilan boğliq holatlar kamaygan, biroq yaqin yillarda ular ançayin köpaydi. Xususan, 2022 yilning mart oyida qirollikda 81 kişi qatl qilingan, bu mamlakat tarixida amalga oşirilgan eng yirik ommaviy qatlga aylangan.


Teglar:
×