Özbekistonlik 22 yoşli yigit Suriyadagi terrorçilik taşkilotiga qöşilib, jangovar harakatlarda qatnaşib kelayotgani aniqlandi

Özbekistonlik 22 yoşli yigit Suriyadagi terrorçilik taşkilotiga qöşilib, jangovar harakatlarda qatnaşib kelayotgani aniqlandi

Özbekistonlik 22 yoşli yigit Suriyadagi terrorçilik taşkilotiga qöşilib, jangovar harakatlarda qatnaşib kelayotgani aniqlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Foto: IIV

Unga köra, DXX va IIV tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor suriştiruvlar davomida, 2001 yilda Toşkent şahrida tuğilgan Muxammadali Töxtayev Turkiyaga borib, u yerda “Katiba al-Ğuroba al-Turkiston” terrorçilik taşkiloti yollovçilarining taʼsiriga tuşgani aniqlangan. U aylanma yöllar orqali Suriyaga ötib, uşbu taşkilot safiga qöşilgan, hozirda jangovar harakatlarda qatnaşib kelayotgan bölgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.





Teglar:
×