Afğonistonning Ğör viloyatida “Tolibon” vakillari jamoat oldida bir erkak va ayolni qamçiladi. Bu haqda “Hasht-e Subh Daily” naşri xabar berdi.
Keltirilişiça, ayblanuvçilar nikohdan taşqari aloqalarda ayblangan. Buning uçun ular viloyatda joylaşgan sport stadionida qamçilangan.
Manbalarga köra, “Tolibon” rasmiylari erkakni 39 darra urgan. Şuningdek, ayblanuvçi erkak bir oyga, ayol esa 9 oyga qamoq jazosiga hukm qilingan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning yanvar oyida “Tolibon” öğrilikda ayblangan tört kişining qölini omma oldida kesib taşlagan edi.









