Tolibon ayollarni omma oldida qamçiladi

Tolibon ayollarni omma oldida qamçiladi

Afğonistonda Tolibon ommaviy ravişda 30 kişini, jumladan ayollarni qamçilagan, deya xabar bermoqda mahalliy naşrlar.

Jauzjon viloyati boş sudyasi Abdul Vahob Zohidning aytişiça, mahkum etilgan 22 mahalliy aholi öğirlik, zino va giyohvand moddalar savdosida ayblanib, 25 dan 39 gaça darra olgan. Ommaviy qatlda mahalliy amaldorlar, din olimlari va qabila oqsoqollari iştirok etdi.

Kapisa provintsiyasida yetti erkak va bir ayol xuddi şunday jazoga tortildi. Bu haqda Najron okrugi apellyatsiya sudi rahbari Subhonuddin Sobhoniy maʼlum qildi.

Islom qoidalarida (şariatda) Hadd toifasidagi jinoyatlar (zino, öğrilik, spirtli içimliklar içiş) uçun har xil jazo turlari, jumladan, oyoq-qöllarini kesiş, ommaviy kaltaklaş va toşböron qiliş kabi jazolar nazarda tutilgan. Noyabr oyida Tolibon yetakçisi Haybatulloh Oxundzoda qozilarga şariatning barça jihatlariga rioya qilişni buyurgan edi.


×