Agar yevropaliklar çin dildan xohlasa, Ukrainada tinçlik bir neça kun içida örnatilişi mumkin. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko taʼkidladi.
Bugun 30 sentyabr kuni Belarus rahbari Birlaşgan Arab Amirliklari, Argentina, Benin, Bosniya va Gertsegovina, Braziliya, Kuba, Malta ordeni, Myanma, Falastin, Sudan va Şveytsariya elçilaridan işonç yorliqlarini qabul qildi.
“Agar yevropaliklar buni çin dildan xohlasa, bir neça kun içida tinçlikka erişiş mumkin”, deya Lukaşenkoning sözlarini keltirgan Sputnik Belarus.
“Bugun ular bu mojaro haqida (Ukrainadagi - tahr.) köp gapirişadi. Şu bilan birga, köpçilik yer yuzida tinçlik bölişini xohlaşini aytadi. Men yevropaliklarni ogohlantiraman: “Yana bir bor öylab köring va yer yuzida tinçlik bölişi uçun hamma narsani qiling”, deydi Belarus rahbari.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qiliş böyiça harbiy maxsus operatsiya ötkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uçragan odamlarni himoya qiliş” deb atagan.
Rossiya prezidentining sözlariga köra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qiliş va Rossiyaning özi xavfsizligini kafolatlaydigan şart-şaroitlarni yaratişdir.









