Toşkent yana bir bor nufuzli tadbir – ŞHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) X xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi va MDHning terrorizm va ekstremizga qarşi kuraşiş böyiça ikkinçi konferentsiya iştirokçilarini qabul qilmoqda.
Konferentsiyaning oçiliş marosimida Özbekistan Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning anjuman iştirokçilariga murojaati öqib eşittirildi.
Davlatimiz rahbari qayd etganidek, mazkur muhim xalqaro forumning ŞHT, MDH kabi nufuzli mintaqaviy tuzilmalar bilan hamkorlikda taşkil etilişi keng mintaqamizda tinçlik, xafvsizlik va barqarorlikni taʼminlaş işida amaliy hamkorlikni rivojlantirişga bölgan umumiy intilişni yana bir bor körsatadi.
“Şarq-Aksilterror–2024” qöşma aksilterror maşqlari amaliy hamkorlikni kengaytirişga va xavfsizlik tahdidlariga qarşi kuraşda maxsus bölinmalar salohiyatini oşirişga xizmat qiladi.
Bundan taşqari, murojaatnomada qayd etilişiça, geosiyosiy keskinlik va mojarolarning kuçayişi, xavfsizlik böyiça global institutlar rolining pasayişi terrorizm va ekstremizm tahdidlariga qarşi kuraşda oçiq va samarali xalqaro hamkorlikni rivojlantirişga salbiy taʼsir körsatmoqda.
Mamlakatimiz rahbari meʼyoriy-huquqiy bazani yanada takomillaştiriş hamda ŞHT MATT va MDHning Aksilterror markazi faoliyati doirasida bunday tahdidlarning oldini oliş va ularga tezkor javob qaytarişda xalqaro hamkorlik samaradorligini oşirişga qaratilgan qöşma amaliy tadbirlarni amalga oşirişni muhim vazifalar sifatida belgilab berdi.









