Deputatlar Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida “Pedagogning maqomi töğrisida”gi qonun loyihasini ikkinçi öqişda körib çiqib, qabul qilişdi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanişiça, qonun loyihasini ikkinçi öqişga tayyorlaş jarayonida siyosiy partiyalar fraktsiyalari majlislarida, Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qömitasining yiğişlarida tegişli vazirlik-idoralar vakillari, soha mutaxassislaridan iborat işçi guruh tomonidan moddama modda körildi, takomillaştirildi va qator muhim özgartirişlar kiritilib, maromiga yetkazildi.
“Qonun loyihasida pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, ular faoliyatining asosiy kafolatlari, ularning mehnatiga yaraşa haq tölaş, rağbatlantiriş va ijtimoiy himoya qiliş tamoyillari belgilanmoqda”, - deyilgan xabarda.
Qonun loyihasi bilan pedagogning şaʼni, qadr-qimmatini himoya qiliş masalasida muayyan mansabdor şaxsning xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilganida davlat bojini tölaşdan ozod etilişi, ilk bor kasbiy faoliyat boşlayotgan şaxsga bir öquv yili davriga öqituvçi-murabbiylikni amalga oşiruvçi pedagog xodimni biriktirilişi va biriktirilgan mazkur pedagogga qöşimça haq tölanişi kabi kafolatlar ham mustahkamlanmoqda.
Eslatib ötamiz, bu qonun loyihasini deputatlar 4 may kuni körib çiqib, uni yanada takomillaştiriş böyiça bir qator takliflar berişgan edi.









