Anomal issiq fonida Özbekistonda elektr energiyasi isteʼmoli 2022-yilning yoz hamda 2023 yilning iyun oyidagi rekord körsatkiçlarni yangiladi.
Xususan, 2023-yil 26-iyulda Respublika böyiça elektr energiyasi isteʼmoli 250,7 mln kVt⋅soatni taşkil etdi. 2022-yilning xuddi şu kunida jami 236,9 mln kVt⋅soat elektr energiyasi işlatilgan bölib, keçagi körsatkiç avvalgi yildagidan 5,8 foiz ortiq böldi.
Bundan oldin 2023-yil 12-iyul kuni Respublika böyiça jami isteʼmol 247,5 mln kVt⋅soatni taşkil etib, rekord körsatkiç yangilangan edi.
Şu bilan birga, 26-iyul kuni elektr energiyasi isteʼmolining soatlik talabi qariyb 12 300 MVtni taşkil qildi. Bu 2022-yilning şu kundagi holatiga nisbatan 1 500 MVt (+14,1 foiz) köpdir.
Maʼlumot uçun, 2022-yilda maksimal elektr energiyasi isteʼmoli 27-iyulda qayd etilgan bölib, bu körsatkiç 239 mln kVt⋅soatni, kunduzgi isteʼmol quvvati 10 800 MVtni taşkil qilgan.
Energetika tizimidagi elektr stansiyalari tomonidan kunlik elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi 243,9 mln kVt⋅soatni taşkil etdi. Bu 2022-yilning şu kungi holatiga nisbatan 21,5 mln kVt⋅soat (9,6 foiz) köpdir.
Eslatib ötamiz, yurtimizda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo elektr uzatiş tarmoqlarining ötkazuvçanlik qobiliyati 25 foizgaça pasayişiga olib keladi. Bu, birinçi navbatda, tarmoqlarning fizik xususiyatlariga boğliq bölib, bunday hollarda zarur çora sifatida tarmoqda majburiy çeklov kiritilmasa, yirik hajmdagi avariyalarga sabab bölişi heç gap emas.









