Özbekistonda yuzdan oşiq qizamiqqa çalinganlar aniqlandi. Rasmiy maʼlumot

Özbekistonda yuzdan oşiq qizamiqqa çalinganlar aniqlandi. Rasmiy maʼlumot

Özbekistonda xorijdan kelgan fuqarolar bilan muloqot qilganlarda qizamiq aniqlangan. Bu haqda Sanepidqömita maʼlumot bermoqda. 

Jahon Soğliqni saqlaş taşkiloti maʼlumotlariga köra emlaşdan boş tortganlar hisobiga, 2023 yilda dunyoda va Yevropa mintaqasida qizamiq böyiça epidemiologik vaziyat keskinlaşdi.

Ayni paytda Ukrainada 23 070, Serbiyada 4 954, Frantsiyada 2 576 , Gretsiyada 2 476, Italiyada 2 020, Rossiyada 1 396, Gruziyada 1 128 holatda qizamiq kasalligi qayd etilgan.

Qöşni mamlakatlar Afğonistonda 2023 yilning hozirgaça bölgan davrida 2 105 holatda, Tojikistonda esa 300 dan ortiq Qozoğistonda 169 ta holat qayd etilgan.

Özbekistonda joriy yilning iyul oyi holatiga köra, qizamiq kasalligiga şubha qilingan 306 nafar bemorning qon namunalari virusologik laboratoriyaga yuborilgan.

Ulardan 164 tasida qizamiq aniqlangan.

Şuni alohida taʼkidlab ötiş joizki, mamlakatimizda qizamiq bilan kasallaniş holatlari asosan xorijdan kelgan qizamiq bilan kasallanganlar bilan aloqada bölgan fuqarolar orasida aniqlanmoqda.

Hozirda mamlakatimizda qizamiq böyiça epidemiologik vaziyat nazorat ostida bölib, qizamiq kasalligiga şubha qilingan şaxslar bilan aloqada bölganlar epidemiologik körsatma asosida profilaktik emlaş bilan qamrab olinmoqda, deyiladi xabarda.


Teglar:
×