Özbekistonda Hayit namozi öqiliş şartlari haqida aytildi

Özbekistonda Hayit namozi öqiliş şartlari haqida aytildi

Özbekiston musulmonlari diniy idorasi raisining birinçi örinbosari Homidjon Işmatbekov Xalqaro Press-klubda ötkazilgan «Yangi qonun tahlili: asosiy özgariş va qöşimçalar» mavzusidagi sessiyada Hayit namozining öqilişi masalasiga töxtalib şunday dedi:

«Diniy idora tomonidan hayit namozini karantin şaroitlarida öqiş uçun barça körsatmalar berilyapti. Bir qança vaqtdan buyon juma namozlari taşqarida öqilyapti. Hayit namozini ham taşqarida ado etiş uçun şaroitlar qilinyapti. Albatta masofa saqlanilgan holda. Şuningdek, xalqimizdan iltimos qilamizki, namozga buyurilmagan yoş bolalar va bemorligi bölgan yoşi katta kişilarning kelişi tavsiya etilmaydi».

Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston va Moskva masjidlarida koronavirus pandemiyasi bilan boğliq vaziyat sabab Qurbon Hayiti namozining öqilmasligi haqida xabar bergan edik.

×