Misrdan Özbekistonga gepatit Sga qarşi dorining öninçi partiyasi yetkazildi

Misrdan Özbekistonga gepatit Sga qarşi dorining öninçi partiyasi yetkazildi

Şu yil 15 iyul kuni «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan «S» gepatitiga qarşi «Daklatasvir» dori vositasining öninçi qismini Şarm aş-Şayxdan Toşkentga yetkazib berdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Mazkur insonparvarlik yordamida Özbekiston Prezidentining 2023 yil 20-21 fevral kunilari Misrga amalga oşirilgan rasmiy taşrifi davomida erişilgan kelişuvlar hamda davlatimiz rahbarining «Gepatit S» kasalligini 100 foiz davlat hisobidan davolaş böyiça» saylovoldi taşabbusining ijrosi doirasida Misr soğliqni saqlaş vazirligi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida amalga oşirildi.

Umumiy hajmi 114 qutida 3 ming donadan ortiq «Daclatasvir-60 mg» dori vositalari Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti tomonidan şifotalab bemorlarga taqsimlanadi.

Qayd etiş joizki, Misr gepatit «V» va «S» viruslariga qarşi kuraşda dunyo miqiyosida sezilarli muvaffaqiyatlarga erişgan.

Misr Soğliqni saqlaş vazirligi maʼlumotiga köra, mamlakat aholisi uşbu kasallikdan butunlay foriğ bölgan va bu haqida vazir Xalid Abduğaffor joriy yilning 21-30 may kunlari Jeneva şahrida bölib ötgan Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining 76-sessiyasida maʼlum qildi. Xalqaro taşkilot mutaxassis va ekspertlari Misrning uşbu yönalişdagi yutuqlarini örgandi va joriy yilning iyun oyida tegişli hisobot eʼlon qilişi hamda gepatit «S» virusi batamom barham topilgani haqidagi şahodatnoma Misr hukumatiga taqdim etilişi kutilmoqda.

Mutaxassislarning aytişiça, Misr hukumati mazkur yutuqlarga erişiş uçun «100 million soğlom hayot» milliy dasturni işlab çiqib, uni muvaffaqiyatli amalga oşirmoqda. Bunda asosiy eʼtibor dunyoning maşhur farmatsevtika kompaniyalari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini örnatiş va kengaytirişga qaratilmoqda.


×