Koronavirusga qarşi dorining narxi juda qimmat! Arzonlaştirsa böladimi?

Koronavirusga qarşi dorining narxi juda qimmat! Arzonlaştirsa böladimi?

Koronavirusga qarşi Rossiya dorisining yuqori narxi butun dunyoda bunday dori-darmonlarga katta talab bilan izohlanadi, ammo bu dorilar samaradorligini isbotlaş va ularning nazoratsiz tarqatilişiga yöl qöymaslik kerak. Bu haqda "Komsomolskaya pravda" yozmoqda.

"Areplivir"ni işlab çiqaradigan "Farmomed" farmatsevtika kompaniyasi işlab çiqaruvçisi "Promomed"ning boş direktori Andrey Mladentsevning sözlariga köra, narxni arzonlaştirişning iloji yöq.

«Uşbu narx u yoki bu tarzda tibbiy muassasaga yetkazib beriş narxi bilan boğliq. Biz byudjet va çakana savdo uçun ikki xil narx qöya olmaymiz, şuning uçun bu aslida şakllangan narx», – deya taʼkidladi u.

Farmatsevtika bozori mutaxassisi Nikolay Bespalov xalqaro vaziyat va epidemiologik xolatni hisobga olgan holda preparat juda arzon bölişi mumkin emasligini qöşimça qildi. Şu bilan birga, u dorilarni nazoratsiz işlatiş muammosi haqida gapirdi.

«Uni faqat kasalxonalarda buyuriş şart emas, lekin şifokor albatta retsept yozişi kerak. Menimça, bemor öz xohişiga köra uşbu preparatni sotib ololmasligi va işlatmasligi lozim», – dedi mutaxassis.

Virusolog, tibbiyot fanlari doktori Anatoliy Altşteyn öz navbatida, dori samaradorligini isbotlaş zarurligiga eʼtibor qaratdi. U Yaponiyada ötkazilgan tadqiqotlar "Favipiravir"ning samaradorligini tasdiqlamaganligini va uşbu dori-darmonni ikki marta kör-körona örganiş böyiça hisobot yöqligini taʼkidladi.

Avvalroq, Rossiya Soğliqni saqlaş vazirligi "Favipiravir" koronavirusga qarşi preparatni hayotiy zarur dorilar röyxatiga kiritişga qaror qilgan edi. Dorilar dorixonalarda "Koronavir" va "Areplivir" savdo nomlari ostida sotiladi. 50 donadan iborat "Koronavir"ning bitta töplami kamida 11 550 rublni, 40 donadan iborat "Areplivir" töplami esa ruslar uçun 12 320 rublni taşkil qiladi.

×