Ukrainaning NATOga aʼzo bölişi Rossiya xavfsizligiga tahdid – Putin

Ukrainaning NATOga aʼzo bölişi Rossiya xavfsizligiga tahdid – Putin

Ukrainaning Şimoliy Atlantika ittifoqi (NATO)ga aʼzo bölişi Rossiya xavfsizligiga tahdid tuğdiradi, “maxsus harbiy operatsiya” boşlanişining sabablaridan biri Ukrainaning NATOga kirişi tahdididir. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Rossiya-24” telekanalida aytib ötdi. 

“Ukrainaning NATOga aʼzoligiga kelsak, biz bu Rossiya xavfsizligiga tahdid solayotganini bir neça bor aytganmiz, şubhasiz. Va, aslida, “maxsus harbiy operatsiya”ning sabablaridan biri Ukrainaning NATOga qöşiliş tahdididir”, deydi Putin. 

Putinga köra, NATOga aʼzolik Ukraina uçun xavfsizlik kafolati emas, aksinça, dunyoni yanada zaifroq qiladi va xalqaro maydonda qöşimça keskinlikka olib keladi.

Davlat rahbari Kiyevga qurol yetkazib beriş haqida gapirar ekan, Rossiya uzoq masofali raketalar yetkazib berişga qançalar umid boğlanganini körib turganini aytdi. 

“Ha, ular (berilgan raketalar – tahr.) zarar yetkazadi, ammo bu raketalardan foydalaniş bilan jangovar zonada heç qanday muhim narsa sodir bölmaydi”, deydi u. 

Rossiya rahbarining qayd etişiça, 4 iyundan beri rus harbiylari Ukraina Qurolli kuçlarining 311 ta tankini yöq qildi va bu harbiy texnikaning kamida uçdan bir qismi Ğarbda işlab çiqarilgan. 

“Faqat 4 iyundan keçagi oqşomgaça 311 ta tank yöq qilindi, ularning salmoqli qismi, menimça, kamida uçdan bir qismi Ğarbda işlab çiqarilgan [uskunalar], jumladan, Leopard hamdir”, deydi davlat rahbari.

Maʼlumot uçun, 11 iyul kuni NATO Boş kotibi Yens Stoltenberg blok mamlakatlari Ukrainaning aʼzo böliş böyiça harakat rejasini bekor qilişga qaror qilganini eʼlon qilgan va barça şartlar bajarilganda Kiyevni ittifoqqa taklif qilişga vaʼda bergan. Unga köra, Ukrainaning kirişi şartlarini alyansga aʼzo davlatlar baholaydi. Şartlar haqida gapirar ekan, Stoltenberg Ukraina mudofaa va xavfsizlik institutlarini modernizatsiya va isloh qilişi kerakligini taʼkidlagan. Şuningdek, u NATO mamlakatlarning ittifoqqa qöşiliş jarayonida heç qaçon muddat belgilamasligini aytgan. 

Bundan taşqari, Stolenberg alyans Ukrainada uruş davom etar ekan, uning ittifoqqa qöşilişi mumkin emasligini bir neça bor taʼkidlagan.


×