ŞHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT)ning X xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi 5 sentyabr kuni poytaxtimizdagi “Özbekiston” Xalqaro forumlar saroyida öz işini davom ettirdi. Unda ŞHT va MDHga aʼzo davlatlar vakolatli organlari, xalqaro taşkilotlarning vakolatli tuzilmalari delegatsiyalari rahbarlari iştirok etdi.
“Terrorizmga qarşi kuraşişda umumiy saʼy-harakatlar” mavzusidagi törtinçi sessiya doirasida xalqaro taşkilotlar (BMT Xavfsizlik kengaşining tahliliy qöllab-quvvatlaş va sanktsiyalar monitoringi guruhi), Rossiya, Belarus, Qozoğiston xavfsizlik va maxsus xizmat organlari hamda Xitoy va Italiya ilmiy-maʼrifiy muassasalari vakillarining maʼruzalari tinglandi.
Iştirokçilar terrorizmni moliyalaştiriş, xususan pul oqimlari monitoringi samaradorligini oşiriş hamda şubhali pul ötkazmalarini aniqlaş, MDH Aksilterror markazi va ŞHT MATT platformalarida terrorçilik taşkilotlari va terrorizmni moliyalaştirişga daxldor bölgan şaxslar töğrisidagi maʼlumotlar bazasini rivojlantirişga qaratilgan qöşma dastur va loyihalarni amalga oşiriş masalalari yuzasidan fikr almaşdi.
Terrorçilik taşkilotlarining öz jinoiy faoliyatini moliyalaştirişda qöllayotgan zamonaviy şakl va usullari muhokama qilindi.
Tadbir iştirokçilari terrorizm va ekstremizm bilan boğliq pul oqimlarini yanada samarali aniqlaş va ularga çek qöyiş maqsadida ŞHT va MDHga aʼzo davlatlar vakolatli organlari, xalqaro taşkilotlar örtasida axborot almaşinuvini davom ettiriş zarur, degan yakdil fikr bildirdi.
“Ekstremizm mafkurasi - davlatlar suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligiga tahdid” mavzusidagi beşinçi sessiyada xalqaro taşkilotlar (ŞHT Xalq diplomatiyasi markazi, BMT Xavfsizlik kengaşining tahliliy qöllab-quvvatlaş va sanktsiyalar monitoringi guruhi), Özbekiston, Rossiya, Belarus, Qozoğiston va Xitoy vazirlik va ilmiy-maʼrifiy muassasalari (ÖzR DXX Akademiyasi, Belarus strategik tadqiqotlar instituti, Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi, Moskva davlat lingvistika universitetining Ibero-Amerika dasturlari markazi, Yevroosiyo tadqiqotlar markazi hamda RF Taşqi işlar vazirligi Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti) vakillari çiqiş qildi.
Unda iştirokçilar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda tarqalayotgan ekstremizm mafkurasi, xususan ijtimoiy tarmoqlar va turli veb-manbalarda ekstremistik kontentni aniqlaş va tahlil qiliş, virtual olamda radikallaşuvga qarşi kuraşiş maqsadida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalaniş masalalarini muhokama qildi.
Xavfsizlikning bugungi çaqiriq va tahdidlari kölami va xususiyatidan kelib çiqib, terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşda qöşma sayʼ-harakatlarni kuçaytiriş zarurligi qayd etildi. Şuningdek, mazkur anjuman xalqaro terrorizmga qarşi hamkorlikni yanada rivojlantiriş hamda MDH va ŞHT mamlakatlari örtasidagi işonçni mustahkamlaşda muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.
Ekstremizm va radikalizmning tarqalişiga qarşi çora-tadbirlar sifatida ekspertlar tomonidan axborot almaşiş va raqamli makonda ekstremizmga qarşi kuraşiş böyiça saʼy-harakatlarni muvofiqlaştiriş böyiça xalqaro standartlar va bayonnomalarni işlab çiqib, joriy qiliş taklif etildi.
Sessiya yakunida iştirokçilar oçiqlik va özaro işonç tamoyillari asosida xalqaro huquq meʼyorlariga tayangan holda terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş istagini bildirdi.









