Erdöğança öyin: Turkiya Şvetsiyani NATOga qöşişdan yutyaptimi yo yutqizyapti?

Erdöğança öyin: Turkiya Şvetsiyani NATOga qöşişdan yutyaptimi yo yutqizyapti?

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Şvetsiyani NATOga qabul qilişga rozi bölişi evaziga öz mamlakatining Yevropa Ittifoqiga aʼzo bölişini talab qilib, vaqtdan yutişga harakat qilmoqda. Bu fikrni keça, 10 iyul kuni geosiyosat va mudofaa böyiça “Arte da Guerra” internet-resursi muallifi Robinson Farinazo Kazal bildirdi. 

“Bu [Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga qöşilişi] dargumon, çunki Turkiya bir qator talablarga javob bermaydi. Gap hatto Turkiyada emas, balki Erdöğanning özida”, deydi u.

Kazalga köra, yevropalik siyosatçilar Turkiyani qabul qilişni istamaydi, boisi "Umumevropa oilasi" yetakçilari NATOda mavjud bölgan muammolar Erdöğan bilan birga kelişidan qörqadi. 

“Aftidan, Erdöğan şu tariqa vaqtdan yutişga harakat qilyapti, lekin, albatta, sammitning keyingi ikki kunida hammasi özgarişi mumkin”, deydi ekspert. 

Uning fikriça, Turkiya rahbari öz harakatlarida Yevropa Ittifoqi va AQŞdan farqli ölaroq, mafkuraviy mulohazalar emas, balki öz mamlakatining “merkantil” iqtisodiy manfaatlaridan kelib çiqqan. 

“U uçun barça vositalar foydali”, deya taʼkidlaydi Kazal. 

Uning sözlariga köra, Erdöğan Şvetsiyaning NATOda iştirok etiş istiqboli yoki Skandinaviya davlatida kurd diasporasi mavjudligiga unçalik qiziqmaydi. 

“Ammo u Şvetsiya Yevropa Ittifoqi va NATO uçun muhim ekanini tuşunadi, şuning uçun u [Turkiya ovozi] narxini oşirmoqçi”, deya xulosa qildi u. 

Qayd etişiça, Anqara Vaşington, Bryussel va Stokgolmning yon berişlariga umid qilmoqda.

“Aydınlık” gazetasining yozişiça, Erdöğan Ğarbning iltijolariga böysungan va Şvetsiyaning NATOga kirişi masalasida orqaga çekingan. 

Naşrning eslaşiça, uç kun avval Turkiya rahbari “Köçalarida terrorçilar kezib yurgan davlatga Turkiya qanday işonadi?”, deb aytganu Vilnyusda bunga qarşi iş tutgan. 

Gazeta, şuningdek, “Vatan” siyosiy partiyasi raisi örinbosari Utka Rayhonning uşbu mavzu böyiça bayonotini keltiradi. 

“Uyatli qaror. Ular Ğarbning şantajiga berilib ketişdi”, deb hisoblaydi siyosatçi. 

Hukumatparast turk matbuoti esa Turkiya terrorizmga qarşi kuraşda köplab kafolatlar olgan va Yevropa Ittifoqiga qöşiliş uçun yordam sörab, bu vaziyatda ğalaba qozonganini yozmoqda. 

Eslatib ötamiz, oldinroq, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Yevropa Ittifoqi Turkiyani YEIga tölaqonli aʼzo qiliş uçun harakat qilsa, Anqara Şvetsiyaning NATOga kirişini qöllab-quvvatlaşini aytgandi. Şundan söng NATO Boş kotibi Yens Stoltenberg Şimoliy Atlantika alyansi Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga aʼzo bölişga intilişini qöllab-quvvatlaşini bildirdi.

2022 yil 28 iyun kuni Madridda NATOning avvalgi sammiti boşlanişidan oldin Erdöğan, Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyo, öşa paytdagi Şvetsiya Boş vaziri Magdalena Andersson va Alyans Boş kotibi Yens Stoltenberg örtasida muzokaralar bölib ötdi. Memorandum imzolandi, bu öziga xos yöl xaritasi bölib, Stokgolm va Xelsinkiga NATOga qöşiliş imkonini berdi. 31 mart kuni Turkiya parlamenti Finlyandiyaning NATOga aʼzo bölişi haqidagi protokolni maʼqulladi, mamlakat 4 aprelda alyansga aʼzo böldi. Şu bilan birga, turk qonunçilari Stokgolmdan terrorizmga qarşi kuraş böyiça Madrid memorandumining barça bandlariga rioya qilişni talab qilib, Şvetsiyaning alyansga kirişi haqidagi protokolni qabul qilmadi.

Manba

×