Özbekiston Qöşilmaslik harakatiga raislik qiladi

Özbekiston Qöşilmaslik harakatiga raislik qiladi

Bugun, 5 iyul kuni Ozarbayjon poytaxti Bakuda Qöşilmaslik Harakati Muvofiqlaştiruvçi byurosining vazirlar yiğilişida bölib ötadi. Bu haqda “Day.az” xabar berdi.

 “Qöşilmaslik harakati: yuzaga kelayotgan muammolarga qarşi turişda birdam va mustahkam” mavzusidagi yiğilişda 93 davlat va 11 ta xalqaro taşkilot delegatsiyalari qatnaşgan.

Ozarbayjon Taşqi işlar vaziri Jayhun Bayramov Qöşilmaslik harakati muvofiqlaştiruvçi byurosi vazirlari yiğilişi iştirokçilarini qutlab, tadbirni oçiq deb eʼlon qilgan. Dastlab, 2019 yildan hozirgaça vafot etgan Qöşilmaslik Harakatiga aʼzo mamlakatlar rahbarlari xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlangan.

Vazir Bayramovning aytişiça, Kampala sammitiga tayyorgarlik doirasidagi vazirlar yiğilişi 2019 yilda Bakuda bölib ötgan Qöşilmaslik harakati sammitidan keyin erişilgan yutuqlarni körib çiqiş imkoniyatini yaratgan. 

“Biz turli çaqiriqlar böyiça yagona pozitsiya va qaraşlarni bildiriş imkoniyatiga ega bölamiz”, degan Ozorbayjon TIV rahbari.

Tadbirda Ozarbayjon Prezidenti, Qöşilmaslik harakati raisi Ilhom Aliyev ham söz olgan.

Şuningdek, mazkur yiğilişda Özbekiston Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov ham qatnaşgan. Saidov yiğilişdan söng özining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Özbekistonning 2027-2029 yillarda Qöşilmaslik harakati raisligiga nomzodini qöllab-quvvatlagani uçun barça aʼzolarga minnatdorlik bildirgan.

Qöşilmaslik harakati 120 ta davlatni birlaştirgan bölib, unda 17 ta davlat va 10 ta xalqaro taşkilot kuzatuvçi maqomiga ega. Harakatning 2019 yil 25-26 oktyabr kunlari Baku şahrida bölib ötgan sammitidan söng, Ozarbayjon 2019-2022 yillarda unga raislikni qabul qildi. Keyinçalik mamlakat raisligi yana bir yilga uzaytirildi. Özbekiston ham uşbu taşkilotga aʼzo bölgan. 


×