Avtotransport oynalari tusini özgartirişga ruxsatnoma muddatini uzaytiriş esingizdan çiqmasin.
Ötgan yilning 1 iyulidan arzonlaştirilgan «tonirovka» uçun ruxsatnomani my.gov.uz orqali heç qanday navbatlarsiz onlayn rasmiylaştiriş boşlangandi.
Öşa vaqtda rasmiylaştirilgan ruxsatnomalarning amal qiliş muddati hozirda yakuniga yetmoqda. «Tonirovka»ga ruxsatnoma muddatini my.gov.uz orqali öz vaqtida uzaytirişni unutmang, deyiladi Yagona portal xabarida.
Şuningdek, ruxsatnomani köça-köyda pul evaziga rasmiylaştiraman deb, şaxsiy maʼlumotlarni firibgarlar qöliga topşirib qöymaslik, uni onlayn rasmiylaştiriş haqida ham eslatib ötilgan. Qolaversa, onlayn rasmiylaştirişda 10 foizlik çegirma ham bor.
«Aslida bu siz öylagandan oson, qulay va işonçli!», deya videoqöllanma taqdim etilgan xabarda.









