«Uzbekistan Airways» yölovçilarga eslatma bilan çiqdi
Qayd etilişiça, 2021 yil 7 dekabrdan SARS-CoV-2’ning yangi «omikron» ştammi paydo bölişi munosabati bilan Buyuk Britaniya hukumati mamlakatga kiriş qoidalariga özgartirişlar kiritgan.
Mavjud qoidalarga quyidagi qöşimça qoidalar kiritildi:
- 12 yoşdan oşgan barça yölovçilar, emlaş holatidan qatʼiy nazar, Buyuk Britaniyaga kelişdan kamida 48 soat oldin ötkazilgan PZR-testining salbiy natijasini taqdim etgan taqdirdagina mamlakatga kirişlari mumkin;
- Şuningdek, Buyuk Britaniyaga kelgandan keyin ikkinçi kuni PZR-testini qayta topşiriş majburiy etib belgilangan.









