Namanganda davlat gerbi qabul qilinganining 31 yilligi keng nişonlandi

Namanganda davlat gerbi qabul qilinganining 31 yilligi keng nişonlandi

Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovçi muqaddas belgidir. Çunki u xalqning ötmişi, buguni va kelajagini özida mujassam etgan.

2 iyul – yurtdoşlarimiz uçun qadrli va unutilmas sana - Özbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilingan kun. Yaʼni, bundan 31 yil avval, 1992 yil 2 iyulda "Özbekiston Respublikasi davlat gerbi töğrisida"gi Qonun Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining X sessiyasida qabul qilingan.

Qonunga köra, davlatimiz gerbi Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir. Demak, davlat gerbi – xalqning erki, baxti, ğururi, özligi timsoli. Uşbu qonun 8 tagina moddadan iborat bölsada, uning ahamiyati zalvorli.

Namangan şahridagi “Uç favvora” xiyobonida davlatimiz gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan “Özbekiston – barçamiz uçun yagona Vatan, yagona qalbdir!” şiori ostida şçtkazilgan madaniy-maʼrifiy tadbirda davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, viloyat faollari, talaba yoşlar jamul-jam bölişdi. Tadbir avvalida viloyatning markaziy köçalarida davlat bayroğini örnatgan holda “Vatanparvar avtokarvoni” taşkil etildi.

Namangan viloyati hokimining örinbosari Botirjon Nuriddinov, Namangan şahar hokimi Ğofurjon Jamolov Özbekiston Respublikasi Davlat gerbining nafaqat davlat ramzi, balki millat iftixori sifatidagi yuksak ahamiyati xususida töxtaldi. Şundan söng, mamlakatimiz madhiyasi yangradi.

Iqtidorli yoşlar, maʼnaviyat tarğibotçilari öz sözida mustaqillik belgisi, mamlakat timsoli bölgan gerbimizni Yangi Özbekistonda istiqomat qiluvçi millatidan qatʼiy nazar barça fuqarolar hurmat qilişlari zarurligini taʼkidlaşdi.

Darhaqiqat, gerb – har bir davlatning ramzi, xalqning timsoli! Undagi har bir tasvir, rang, çiziq va belgi uluğlik, fidoyilik va oliyjanoblik nişonasi bölib, özida tinçlik, yaxşilik, baxt-saodat va yurtning farovonlik yölidagi orzu-umidlarini ifodalaydi.

Harbiy qismlar xizmatçilarining jangovar körgazmali çiqişlari va viloyat sanʼat ustalarining vatanparvarlik ruhidagi qöşiqlari yiğilganlarga kötarinkilik bağişladi.

×