Özbekistona korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan şaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmasligi qonunan belgilanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasida birinçi öqişda körib çiqilgan “Davlat fuqarolik xizmati töğrisida”gi qonun loyihasida belgilanmoqda.
Qonun loyihasi bilan davlat fuqarolik xizmatini tartibga soliş va tegişli subʼektlarning vakolatlari, davlat fuqarolik xizmatçisining maqomi, odob-axloq qoidalari, uning huquqlari va majburiyatlari hamda javobgarligi belgilanmoqda.
Qonun loyihasida davlat fuqarolik xizmati tizimida korruptsiyaga qarşi kuraşiş, davlat fuqarolik xizmatiga kiriş, uni ötaş va tugatişning yagona qoidalarini joriy etiş közda tutilgan. Mazkur hujjatda şuningdek, birinçi marta davlat fuqarolik xizmatçilarining maqomi instituti joriy etilmoqda.
Şu bilan birga, loyihada davlat xizmatçilarining daromadi va mol-mulkini deklaratsiyalaş, korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan şaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmasligi kabi normalar öz aksini topmoqda.
Majlisda qonun loyihasi birinçi öqişda qabul qilindi









