Rossiya Özbekistonga 12 ta harbiy vertolet, Su-30SM qiruvçi samolyotlari hamda maxsus jihozlangan BTRlar yetkazib beradi.
Özbekiston va Rossiya orasida harbiy hamkorlik haqida imzolangan şartnomalardan yana 12tasi kuçga kirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Yoz faslining boşida Rossiya hukumati Özbekistonga uşbu harbiy-texnik hamkorlik sohasida 12 ta şartnoma uçun kredit ajratişga qaror qilganini maʼlum qilgan edi.
Harbiy hamkorlik böyiça Rossiya federal texnik xizmati xabariga köra Özbekiston 12A6 "Sopka-2" – trassali radiolokatsiya majmuasini sotib oliş istagini bildirdi.
Şu bilan birga "Peçora-2M" (S-125) zenit raketa majmuasi uçun texnik xizmat körsatiş ustaxonasi sotib oliş borasida muzokaralar olib borilmoqda.
Şuningdek, Özbekiston Rossiyadan BTR-82A – şaxsiy tarkib transporteri sotib oliş borasida ham muzokaralar olib bormoqda. Bronetransporterlar Özbekiston uçun maxsus komplektatsiyada jihozlanadi. Xuddi şunday maşinalar Rossiya, Qozoğiston, Ozarbayjon va Suriya qurolli kuçlariga yetkazib beriladi.

Özbekistonning eng yirik buyurtmasi esa - Mi-35M jangovar transport vertolyotlari böladi. Şartnomaga muvofiq Rossiya Özbekistonga 2019-2020 yillar içida 12 ta ana şunday vertolyot yetkazib beradi.
Özbekiston Rossiyadan Su-30SM rusumli harbiy qiruvçi samolyotlar sotib olişni hem rejalaştirmoqda. Uşbu samolyotlar eng zamonaviy samolyotlardan biri bölib, ular öta manyovrli (çaqqon harakat qiluvçi), boşqaruv vektorli dvigatel, fazali radiolokator bilan jihozlangan. Samolyotlarda eng zamonaviy “havo – havo” hamda “havo – yer” turkumidagi yuqori aniqlik bilan nişonga oluvçi qurollar örnatiş mumkin.
Yuqorida qayd etilgan harbiy texnika xaridining asosiy qismi 2018 yilda imzolangan Rossiya va Özbekiston harbiy hamkorligi haqidagi şartnomaga muvofiq, Rossiya kreditlari hisobidan xarid qilinadi. 2025 yilga qadar Özbekiston öz qurolli kuçlarini töliq qayta jihozlaşga qaror qilgan.









