Bugun, 2 iyul kuni yarim örta vazn toifasidagi özbekistonlik UFC jançisi Nursulton Röziboyev UFC Vegas 76 turniri doirasida braziliyalik Bruno Ferreyraga qarşi oktagonga kötarildi.
5 daqiqadan 3 raundga möljallangan jang bor yöği 1 daqiqa 20 soniya davom etdi. Bunga qadar 10 ta jang ötkazib, barçasida muddatidan oldin ğalabaga erişgan braziliyalik Bruno Ferreyra bu safar Özbekiston vakili Nursulton Röziboyev tomonidan nokautga uçratildi.
Bu orqali Nursulton ham jangda, ham turnirning “Keça çiqişi” nominatsiyasida ğoliblikni qölga kiritdi. Endilikda u taşkilot tomonidan kafolatlangan gonarardan taşqari UFC'ning maxsus 50 ming dollarlik gonorariga ham ega çiqadigan böldi.
Maʼlumot uçun, Röziboyev bunga qadar 43 marta oktagonga kötarilib, 35 ta jangida ğalaba qozongan, 8 ta bahsda esa raqiblariga imkoniyatni boy bergan.









