2 iyundan Qirğiziston hududida MDH mamlakatlarida davlatlararo qidiruvga berilgan şaxslarni aniqlaş tizimi işga tuşirildi. Bu haqda Içki işlar vazirligiga xabar berildi.
Qidiruvdagi jinoyatçilarning maʼlumotlari tanib oliş tizimiga yuklanadi. Masalan, Rossiya huquq-tartibot idoralari davlatlararo qidiruvda bölgan 85 mingdan ortiq şaxs haqida maʼlumot bergan.
Atigi ön kun içida MDH davlatlarida davlatlararo qidiruvda bölgan 57 nafar şaxs taşqi videokuzatuv kameralari yordamida aniqlangan.
Fuqarolar maʼlumotlar bazalari bilan tekşirilib, röyxatga olingan. Ulardan tört nafari qölga olingan. Bular odam öldirişga suiqasd, ekstremistik jinoyatlar (Milliy xavfsizlik davlat qömitasiga ötkazilgan), bezorilik, hujjatlarni qalbakilaştiriş uçun qidiruvga berilganlardir. Qölga olinganlar orasida Rossiya va Özbekiston fuqarolari ham bor.
Yetkazib berilganlarning asosiy qismi Qirğiziston fuqarolaridir. Ular MDH davlatlarida turli jinoyatlarni sodir etganlik, jumladan, öğirlik, firibgarlik, soxtalaştiriş, talonçilik, tovlamaçilik, odam öğirlaş, halokatli baxtsiz hodisalar, qasddan badanga oğir şikast yetkaziş kabi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, davlatlararo qidiruvga berilgan edi. Ularning baʼzilari sakkiz-töqqiz yil oldin qidiruvga berilgan.









