Rossiyaning sobiq prezidenti va davlatning ayni paytdagi Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari Dmitriy Medvedev mem bilan Ukraina qanday vaziyatga tuşib qolganini tasvirlab berdi. Unda Ukraina Ğarb davlatlari klubiga qöşiliş örniga Iroq, Liviya va Suriya kabi davlatlarning ahvoliga tuşib qolgani nazarda tutilgan. Medvedev özining Telegram'dagi rasmiy sahifasida uşbu memni eʼlon qilgan.
Siyosatçi tomonidan joylangan memning birinçi qismida Ukrainaning atrofi Buyuk Britaniya, AQŞ, Yevropa Ittifoqi va NATO tomonidan örab olingani, "Siz tez orada biznikilardan bölasiz" deb vaʼda qilinayotgani körsatilgan.

Suratning ikkinçi qismida göyoki hozirgi vaziyat körsatilib, Ukraina Afğoniston, Iroq, Yaman, Liviya va Suriya bilan örab olingani aks etgan. Ular tomonidan ham "Siz tez orada biznikilardan bölasiz", degan ibora qöllanilgan.
Uşbu vaziyatni tasvirlaş uçun Medvedev maşhur "Men bu tuyğuni bilaman" mem-syujetidan foydalangan.
Eslatib ötamiz, Medvedev bungaça bir neça marta Ukrainaga yadroviy qurol bilan tahdid qilgan edi. Bundan taşqari, u hazil çiqişlar, kulgili bayonotlar bilan ham köp eslanadi. Jumladan, u Vladimir Zelenskiyni “yaşil işton kiygan masxaraboz” deb haqorat qilgan edi. Şuningdek, Moldovaning Vladimir Putinni qora röyxatga kiritganiga munosabat bildirib, “Bunday davlat endi yöq” deb gapirgandi.
Manba: Qalampir.uz









