AQŞning Nyu-Jersi ştatida imom bomdod namozi vaqtida piçoqlab ketildi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.
Maʼlumotlarga köra, Peterson şahridagi Umar masjidi imomi Sayid Al-Nakib 9 aprel, yakşanba kuni bomdod namoziga imomlik qilayotganda jamoat orasida yaşiringan kişi tomonidan piçoqlangan.
Suiqasdni amalga oşirgan şaxsning kimligi aniqlangan. Maʼlum bölişiça, Serif Zorba ismli kişining namoz vaqtida odamlar orasidan sakrab ötib, 65 yoşli imomga piçoq bilan zarba bergani kuzatuv kamerasiga tuşib qolgan.
Jinoyatçi namozxonlar tomonidan uşlanib, politsiyaga topşirilgan. Imom esa hayot uçun xavfli bölmagan jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Masjid maʼmuriyati holat haqida batafsil maʼlumot bergan. Biroq hujumning amalga oşirilişidan maqsad nima bölgani oçiqlanmagan. Tergov harakatlari davom etayotgani xabar qilingan.
Eslatib ötamiz, ötgan yilning avgust oyida Eronda boşi uçun 3 million dollar mukofot puli vaʼda qilingan yozuvçi Salmon Ruşdiy Nyu-Yorkda piçoqlangandi.









