Özbekistonda BMTning Xotin-qizlarga nisbatan kamsitişlarga barham beriş qömitasining tavsiyalari asosida oilaviy (maişiy) zöravonlik uçun alohida maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilandi.
Endilikda er yoki xotin turmuş örtoğining öz huquqlarini amalga oşirişiga tösqinlik qiladigan bölsa yoki tahqirlasa, qörqitsa, yaqin qarindoşlardan ajratib qöysa, qilmişning oğirlik darajasidan kelib çiqib, maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Masalan, şaxs öz turmuş örtoğini haqoratlab, qadr-qimmatini tahqirlasa 6 mln söm jarimaga tortilişi, ğarazli niyatlar bilan kaltaklab, badaniga oğir tan jarohati yetkazsa 12 yilga ozodlikdan mahrum qilinişi belgilandi.
Maʼlumot uçun, Özbekistonda 2021-2022 yillarda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga oiladagi kamsitişlar böyiça 72 mingta murojaat kelib tuşgan bölib, ularning 61 mingdan (85 foiz) ortiği xotin-qizlarning kamsitilişiga taalluqli bölgan.









